Bu haqda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lumotga ko`ra, fuqarolar eng kam bazaviy miqdorning (289 000 so`m) 100 foizi miqdorida pensiyaga qo`shimcha to`lov to`lanadi.
Qayd etilishicha, qo`shimcha to`lov pensiyaga qo`shimcha ravishda belgilanadi. Eng kam pensiya miqdori o`zgartirilganda, qo`shimcha to`lov mutanosib ravishda o`zgaradi. To`lov pensiya qo`shimchalarining soni va hajmidan qat`iy nazar amalga oshiriladi. Mablag`lar doimiy yashash joyida yoki vaqtincha ro`yxatdan o`tgan joyida to`lanadi.
Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxsga yashash uchun ruxsatnoma yoki shaxsiy guvohnoma amal qilish muddati davomida to`lanadi. Fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmagan nafaqani to`lash «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi Qonunning 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ma`lumot o`rnida, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, Pensiya jamg`armasi hisobiga turib pensiya va nafaqa olayotgan 100 yosh va undan kattalar jami soni 570 nafarni tashkil qilib, shundan 461 nafari ayollardir.






