AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida harorat -5°  gacha pasayishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida harorat -5°  gacha pasayishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 19 yanvarda O`zbekistonda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin.

"O`zgidromet" xabar berishicha, shimolda ertalab biroz qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Joylarda shamol tezligi 17-22 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Shuningdek, poytaxtda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Harorat 5-7° iliqni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kuchli bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar