AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuniga qancha odam PZR-test topshirayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda kuniga qancha odam PZR-test topshirayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 5 yanvardan boshlab  aholi o`rtasida kasallanish ko`rsatkichlari ortib borayotganini ko`rish mumkin.

Shu sababli yurtimizda virusning keng tarqalishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida kasallikka gumon qilingan shaxslardan PZR-test tahlillarini olish ishlari samarali tashkil etilyapti. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 5-15 yanvar kunlari mamlakatimizda jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi o`tkazilgan.

So`nggi kunlarda esa kuniga o`rtacha 45-50 ming nafarga yaqin fuqarodan PZR-test olinmoqda.

Ma`lumot uchun, o`tgan yil dekabr oyining oxirgi haftasida yurtimizda kuniga 15-20 mingta ana shunday sinama tahlillari o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar