Bugun Paxtakor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari o`ttiz uchunchi sessiyasi o`tkazildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Tashkiliy masalada viloyat hokimi Ergash Saliev Paxtakor tumani hokimi lavozimiga Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodini tavsiya qildi.
Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma`qullashdi. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ashurov Asilbek Raxmonovich Jizzax viloyati prokurori o`rinbosari bo`lib faoliyat olib borayotgandi.
Eslatib o`tamiz, Paxtakor tumani sobiq hokimi Shukrullo Babaev 2018 yilning 4 aprelidan buyon ishlab kelayotgan edi.






