AsosiyJamiyat

"Vaqf" xayriya jamoat fondiga kelib tushgan pullar qaerga sarflanishini bilasizmi?

'"Vaqf" xayriya jamoat fondiga kelib tushgan pullar qaerga sarflanishini bilasizmi?'ning rasmi

«Vaqf» fondi tomonidan 2021 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan, homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ehsonlar jami 69 milliard 22 ming 690 so`mdan ziyod mablag` xayriya sifatida sarflangan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida  «Vaqf»fondining matbuot  xizmati rahbari Saidabror Umarov ishtirokidagi  brifingda ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, shundan  diniy ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 1 120 601 500 so`m,  diniy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, o`quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash uchun  5 573 046 366 so`m sarflangan.

Diniy ta`lim muassasalari o`quvchi-talabalar to`lov shartnomasi uchun to`lovlar 840 000 000 so`mni, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini  qo`llab-quvvatlash uchun 15 450 000 so`m miqdoridagi mablag` sarflangan.

Masjidlar qurilishi uchun esa 932 920 454 so`m, masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash uchun 36 798 386 010 so`m, uylari yong`indan talafot ko`rgan fuqarolarga moddiy yordam uchun 90 000 000 so`m, nochor, ko`makka muhtoj fuqarolarga turli moddiy ko`rinishda berilgan yordamlar uchun 6 818 035 811 so`m miqdorida mablag` sarflangan.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo`lgan shaxslarni moddiy qo`llab-quvvatlash uchun 3 600 531 000 so`m, turli xayriya tadbirlari uchun1 736 459 260 so`m, viloyat vakilliklarining ma`muriy xarajatlari uchun berilgan moddiy yordam  uchun  1 116 680 000 so`m, aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarishga 290 580 000 so`m yo`naltirilgan.

O`zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi moddiy texnik bazasini boyitish uchun – 90 000 000 so`m sarflangan.

Diniy soha xodimlari va diniy ta`lim muassasa ustoz-murabbiylari, talabalari va texnik xodimlarini pandemiya davrida moddiy qo`llab quvvatlash uchun 10 milliard so`m mablag`lar xayriya ishlari uchun sarflandi.

Bundan tashqari, yil davomida ichimlik suvi tanqis bo`lgan hududlar uchun  Qoraqalpog`istonda 76 ta, Qashqadaryoda 2 ta va Surxondaryoda 1 ta, jami 79 ta artezian va minorali suv inshootlari barpo etilib, o`sha hududdagi aholi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

Ta`kidlash lozimki, 2021 yilda joriy etilgan yangi «Vaqf ko`magi» loyihasi doirasida 4 ta viloyatning qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy ko`makka muhtoj oilalarning 103 nafariga kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, ish bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar