Dunyodagi eng keksa erkak, ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiya 112 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar bermoqda.
"Ginnesning rekordlar kitobi Saturnino de la Fuente Garsiya o`z xonadonida 112 yil-u 341 kunlik yoshida vafot etganidan chuqur qayg`uda ekanini ma`lum qiladi", - deyiladi xabarda.
Garsiyaning nima sababdan vafot etgani ochiqlanmagan.
U 2021 yil sentyabr oyida 112 yosh-u 211 kunligida Ginnes rekordlarida dunyoning eng keksa erkak deya e`lon qilingandi.