AsosiyJamiyat

LGBT faollarini O`zbekiston markaziga chaqirishda ayblangan bloger ustidan sud ishi boshlandi

'LGBT faollarini O`zbekiston markaziga chaqirishda ayblangan bloger ustidan sud ishi boshlandi'ning rasmi

U uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Toshkent shahridagi Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishi 20 yanvar kuni soat 11:00 da ko`rib chiqish boshlandi.

Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' yozmoqda.

Unga ko`ra, ochiq sud muhokamasi sudya Sardorbek Sodiqov raisligida bo`lib o`tishi kerak.

Jabrlanuvchilar sifatida Shuhrat Zoyir o`g`li Musaev (bloger), Abror Muxtoralievich Abduazimov (O`zbekiston musulmonlari idorasi xodimi), Dmitriy Abdukarimovich Rasulov va Jahongir Zohidjonovich Salimovlar ko`rsatilgan.

Ma`lumot uchun, Miraziz Bozorov 28 mart kuni o`z uyi oldida kaltaklangan edi. Unda bir necha jarohat va sinishlar qayd etilgan. Shu kuni u "anime va K-pop" muxlislarini poytaxt markaziga yig`ilishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar