AsosiyJamiyat

2021 yilda O`zbekistonda 40 mingga yaqin oila buzildi — Statqo`m

'2021 yilda O`zbekistonda 40 mingga yaqin oila buzildi — Statqo`m'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda respublika bo`yicha 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. 

2021 yilda eng ko`p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida - 5,6 mingta, Farg`ona viloyatida 4,3 mingta qayd etilgan.

Har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffisienti bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatildi.  

Eslatib o`tamiz, 2021 yilda respublika bo`yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar