AsosiyJamiyat

Milliy palata va Jahon banki farmasevtikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

'Milliy palata va Jahon banki farmasevtikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

Dunyo talablari darajasidagi farmasevtika preparatlaridan foydalanish ayni paytda ishlab chiqilishiga tayyorgarlik ketayotgan «O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi»ning maqsadlaridan biri sanaladi. O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi tomonidan Jahon bankining Toshkent ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn konferensiya mazkur mavzuga bag`ishlangan edi.  

2022 yil 10 yanvarda bo`lib o`tgan konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Abdulla Azizov, Milliy palata bo`lim boshlig`i Klara Yadgarova, Jahon bankining Vashington ofisi mutaxassislari, shuningdek «Dori vositalarining sifatini oshirish (PQM+)» USAID dasturi mutaxassislari, PQM+ dasturi boshqarmasi direktori doktor Archil Salakaya, katta texnik maslahatchi Yan Uarsin, USAID dasturi kuratori Flora Salixovalar ishtirok etdi. 

Muhokama davomida doktor Zafar Mirza ekspert fikrini bayon etdi. U JSSTning xalqaro eksperti, ko`p yillar JSST departamenti (Jeneva) rahbari, Pokiston Sog`liqni saqlash vaziri bo`lib ishlagan.

2022 yil mart oyida doktor Zafar Mirzaning O`zbekistonga tashrifi rejalashtirilyapti. Tashrifdan «O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi»ning «Farmasevtik preparatlarva tibbiy mahsulotlari» yo`nalishini ishlab chiqish jarayoniga kuratorlik qilish ko`zda tutilgan. Mazkur yo`nalishdagi etakchi tashkilot bu O`zbekiston Respublikasi farmasevtika sohasini rivojlantirish agentligidir. Strategiyani ishlab chiqish bo`yicha ish sektorlararo ishchi guruhida bir qator vazirliklar va idoralar ishtirokida olib boriladi. Shuningdek, doktor Zafar Mirza farmasevtika ob`ektlari va Davlat tibbiy sug`urtasining pilot loyihasi amalga oshirilayotgan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. 

«O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi»ning farmasevtika yo`nalishi muhokamasi davomida Milliy palata vakili K. Yadgarova tomonidan mazkur strategiyani ishlab chiqish jarayoniga xalqaro ekspertlarni va xalqaro tashkilotlarni jalb etish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-sonli «Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida ko`zda tutilgani ta`kidlandi. 

«Sog`liqni saqlash strategiyasi sog`liqni saqlash sohasining yuksak maqsadlarini, shuningdek barqaror rivojlanish sohasida maqsadlarga erishishga olib keladigan muhim choralarni tavsiflab beradi», — deb ta`kidladi u. 

Bu borada Strategiyaning «Farmasevtik preparatlar va tibbiy mahsulotlar» kabi segmentida uning tezroq va barqaror rivojlanish imkonini beruvchi bir qator shartlari ko`zda tutilgan. Ular orasida: asosiy dori vositalariga va tibbiy mahsulotlarga (jumladan, taqsimlash, qamrov) bir xil yo`l; moliyalashtirish (masalan, narxni boshqarish); dori vositalari va mahsulotlar sifatini nazorat qilish va ta`minlash (sifat kafolati va nazoratining institutsional jihatlari, ishlab chiqarish amaliyoti, bilimlarni tekshirish, lisenziyalash, dori vositalaridan oqilona foydalanish); sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash; etkazib berish zanjirini boshqarish. 

Onlayn konferensiyada Strategiyaning farmasevtika yo`nalishiga «Dori vositalarining sifatini oshirish (PQM+)» USAID dasturi tomonidan ko`mak berish masalasi muhokama etildi. 

Bu PQM+ning, shuningdek farmasevtik kompaniyalarning sohaviy baholarini o`tkazishni, Farmasevtik texnologiya universitetiga o`quv dasturlarini ishlab chiqishda ko`maklashishni va boshqa tadbirlarni o`z ichiga olgan O`zbekistondagi yangi yo`nalishidir.

PQM+ — bu USAID va AQShning Farmakopeyasi (USP) o`rtasidagi past va o`rta daromadli mamlakatlarda tibbiy mahsulotlarning sifatini ta`minlashni barqaror kuchaytirish bo`yicha hamkorligi to`g`risidagi bitimdir. 1820 yilda asos solingan USP ilmiy, notijorat, xususiy, barqaror moliyalashtirib turiladigan mustaqil tashkilot sanaladi. USP standartlari 40ta mamlakatda huquqiy tan olingan va 140ta mamlakatda foydalaniladi. Boshqa donorlar va hamkorlar bilan hamkorlikda USP butun dunyoda kuchli tartibga soluvchi tizimlarni va sifatni ta`minlash tizimini saflashga yordam beradi. 

2021 yil yanvarida O`zbekiston Respublikasi farmasevtika sohasini rivojlantirish agentligi va USAID o`rtasida O`zbekistonda «dori vositalarining sifatini oshirish plyus» dasturini amalga oshirish bo`yicha Memorandum imzolandi. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar