AsosiyJamiyat

Chimyon tog`ida qor ko`chdi

'Chimyon tog`ida qor ko`chdi'ning rasmi

2022-yil 19-yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda Toshkent viloyati Chimyon tog` hududining dengiz satxidan 2300-3000 metr balandlikda qor ko`chish holatlari kuzatilib, dengiz satxidan 1700 metr balandlikda to`xtagan. Bu haqda FVV ma`lumot berdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qor ko`chkisi taxminan 60 000 metr.kub hajmni tashkil qilishi aniqlangan. Ushbu hodisa Chimyon tog` hududining ichkari qismida, aholi yashash joyidan taxminan 4-5 km yuqorida sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar to`g`risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ma`lumot kelib tushmagan.

Xabar berilishicha, hozirda barcha xavfsizlik choralari ko`rilib, fuqarolarning hududga kirmasligi va harakatni cheklash maqsadida qo`shimcha belgilar o`rnatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar