AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

'O`zbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi'ning rasmi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlar tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga oli6, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarni "Pfizer" vaksinasi bilan (ota-onalar yoki vasiylarning roziligi bilan) ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berildi.  

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat ATABEKOV ma`lum qildi.

"Pfizer" vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta bo`lgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan bo`lsa, 5 - 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qo`llaniladi.

Emlangan bolalar haqidagi ma`lumotlar emlash.uz dasturiga kiritib boriladi.

 

    Boshqa yangiliklar