Xabaringiz bor, maktab o`quvchilari uchun qishki ta`til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.
Sal avval, ta`til 1 martga qadar uzaytirilishi haqidagi xabarlar rad etilgan edi. Ayni paytda OTMlarda o`qish hali boshlanmasligi haqidagi norasmiy xabarlar paydo bo`lgani ortidan maktablarda ham ta`til yana cho`zilishi borasida taxminlar paydo bo`lmoqda.
Bunga aniqlik kiritish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova bilan bog`landik. Uning ma`lum qilishicha, maktab o`quvchilari ta`tilini yana uzaytirish rejelashtirilmagan.






