Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o`rtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi ta`lim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, masofaviy shaklda o`quvchilarning sifatli ta`lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda shu telegram kanal orqali e`lon qilib boriladi.
"Fursatdan foydalanib, Xalq ta`limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog`ligini ta`minlagan holda "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so`raydi. Shu o`rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo`li bu vaksinasiya, shu bois sizlardan o`zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinasiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so`rab qolamiz",-deydi XTV.






