AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim vazirligi: "Talabalar ham bir oy davomida"online" o`qishadi"

'Oliy ta`lim vazirligi: "Talabalar ham bir oy davomida"online" o`qishadi"'ning rasmi

Oliy ta`lim vazirligi bergan tezkor ma`lumotga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o`rtasida tarqalishi yuqoriligini e`tiborga olgan holda barcha  oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta`lim muassasalari, akademik liseylarda (barcha ta`lim shakllari va turlari bo`yicha)  joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta`lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Qayd etilishicha, bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta`lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.  

"Shu o`rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo`li bu vaksinasiya, shu bois sizlardan o`zingiz va  yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinasiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so`rab qolamiz",-deydi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar