Avvalroq 24 yanvardan talabalar uchun o`qish "online" boshlanishi haqda yozgan edik.
Shu o`rinda savol tug`iladi. Xo`sh, endi talabalar sotib olgan chiptalarini nima qilishadi? Oliy ta`lim vazirligi ushbu masalaga ham oydinlik kiritib o`tdi. Qayd etilishicha, temiryo`l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temiryo`l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
"Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo`lib, 21 yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin",-deya ta`kidlab o`tiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, vazirlik epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, yo`l chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq bo`lgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishni so`ramoqda.






