AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev intellektual o`yinlarni rivojlantirishga oid qarorni imzoladi

'Shavkat Mirziyoev intellektual o`yinlarni rivojlantirishga oid qarorni imzoladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Zakovat” intellektual o`yinini aholi o`rtasida ommaviy-ma`rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o`yinlarni rivonlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko`ra:

—Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual o`yini va boshqa intellektual o`yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklatildi;

— 2022/2023-o`quv yilidan boshlab intellektual o`yinlarining respublika bosqichida g`olib bo`lgan yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipentiyasi joriy etiladi;

— 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o`rta, Prezident, o`rta maxsus va professional hamda oliy ta`lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo`lga qo`yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o`yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;

— 2022-yildan boshlab har yili talabalar o`rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o`rinni qo`lga kiritgan oliy ta`lim muassasasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi topshiriladi;

—intellektual o`yinlarning respublika bosqichida g`olib va sovrindor bo`lgan umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari  hamda OTM talabalari ta`limning keyingi bosqichiga bazaviy to`lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

—ta`lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo`lgan professor-o`qituvchilarga mehnatga haq to`lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to`lab beriladi;

— 2022/2023-o`quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri o`tkazib boriladi;

—yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivasiya berish maqsadida mashxur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;

— “Zakovat” va boshqa intellektual o`yinlarining hududiy va respuplika bosqichi g`oliblari o`z mutaxassisligi bo`yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo`lga qo`yiladi;

—  Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yo`lga qo`yiladi;

— “Yangi O`zbekiston bog`i”ga tutash hududda “Zakovat intellektual o`yinlari klubi`` uchun alohida bino hamda “Intellektual o`yinlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida bo`ladi;

—  intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag`batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan komputer va mobil o`yinlarini yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd so`m miqdorda, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag` ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar