2022 yil 20 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 210899 (+1321) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 41 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 34 nafari Andijon viloyatida,
- 51 nafari Buxoro viloyatida,
- 53 nafari Jizzax viloyatida,
- 34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 18 nafari Navoiy viloyatida,
- 60 nafari Namangan viloyatida,
- 41 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 50 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 173 nafari Farg`ona viloyatida,
- 62 nafari Xorazm viloyatida,
- 158 nafari Toshkent viloyatida,
- 524 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 21 nafar,
- Andijon viloyatida 19 nafar,
- Buxoro viloyatida 53 nafar,
- Jizzax viloyatida 17 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 13 nafar,
- Samarqand viloyatida 28 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
- Farg`ona viloyatida 25 nafar,
- Xorazm viloyatida 12 nafar,
- Toshkent viloyatida 109 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 201712 (+466) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1532 nafarni tashkil qildi.






