2022 yil 1 fevraldan boshlab ta`lim tili rus tili bo`lmagan umumta`lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan sertifikatga ega rus tili fani o`qituvchilariga 50% miqdorida ustama to`lanadi. Bu haqda hududiy xalq ta`limi bo`linmalariga vazirlikning ko`rsatmasi berilgan.
Ko`rsatmada aytilishicha, o`qituvchilar kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo`lishi kerak.






