AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori jinoyat ustida ushlandi

'Farg`ona viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori 1000 AQSh dollari bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 18 yanvar kuni Farg`ona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. 

Tadbirda Farg`ona viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo`lgan go`sht do`koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix er maydonini, go`yoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ushlangan.  

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar