AsosiyJamiyat

Xorazmda bankdan 10 mlrd so`m kredit olib berish uchun tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Xorazmda bankdan 10 mlrd so`m kredit olib berish uchun tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bog`ot tumanida tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, “B.Q.” MChJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so`m kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablag`ini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar