“Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Farmon bilan Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg`armalari tashkil etildi.
Jamg`armalarni shakllantirishning asosiy manbasi erni xususiylashtirishdan va erni ijaraga berishdan tushadigan mablag`lar hisoblanadi.
Jamg`armalar mablag`lari quyidagilar uchun sarflanadi:
- “Yangi O`zbekiston”, davlat uy-joy dasturlaridagi massivlarni tashqi muhandislik-kommunikasiya bilan ta`minlash;
- 200 milliard so`mdan oshadigan, investorning o`z mablag`lari 25 foizdan kam bo`lmagan, investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tashqi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlash;
- aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning ma`muriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.
Farmon bilan shuningdek, Urbanizasiyani rivojlantirish jamg`armasi tugatildi.






