Babur Shayakubov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o`rinbosari lavozimidan ozod etilib, O`zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Akademiyaning avvalgi boshlig`i Shavkatbek Mamajonov Chirchiq oliy tank qo`mondonlik muhandislik bilim yurti boshlig`i lavozimiga tayinlandi.






