"Gidromet" markazning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab va Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq.
Poytaxtimizda ertalab biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






