O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Turkiyadagi o`zbek ayollarining haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan “Özbek Kadın Hakları Derneği” (“O`zbek ayollari huquqlari assosiasiyasi”) o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli A.Agzamxodjaev va ÖKHD rahbari Ozoda Islomova tomonidan imzolangan ushbu memorandum tomonlarning davom etib kelayotgan hamkorligini yangi huquqiy bosqichga olib chiqish asnosida o`zbek xotin-qizlari huquqlarini birgalikda himoya qilish, ularni kasbiy, huquqiy bilimlari, va ishbilarmonlik qobiliyatlarini oshirish, turk va xorijiy tillarni o`rgatish orqali turk jamiyatidagi mavqeini yuksaltirish maqsadi yo`lida o`zaro hamkorlikda harakat qilishini ko`zda tutadi.
Bosh konsulxona va mazkur Assosiasiya hamkorligi 2020 yilning sentyabr oyida boshlangan bo`lib, shu paytga qadar 30 nafardan ortiq xotin-qizlarga manzilli yordam ko`rsatilgan.