Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi vaqtincha saqlash hibsxonasida hujjatsiz ushlangan 17 nafar O`zbekiston fuqarolari bo`yicha mamlakatimizning Qozog`istondagi elchixonasiga murojaat kelib tushgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu murojaatni o`rganish uchun 17 nafar fuqaroni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (F-1) tayyorlanib, vaqtincha saqlash hibsxonaga borilgan. Fuqarolar bilan uchrashilib, ularning 10 nafarida pasport borligi aniqlangan va jarima asosida qo`yib yuborilgan. 7 nafar fuqaroning pasporti yo`qolganligi sababli ularga Vatanga qaytish guvohnomasi tayyorlash uchun belgilangan tartibda ma`lumotlar olingan.
Fuqarolarning bu holatga tushib qolishining sababi, ya`ni vaqtinchalik ro`yxatga qo`yish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo`qligi ma`lum bo`ldi. Fuqarolarga hujjatlarni rasmiylashtirish bo`yicha huquqiy tushuntirish berilgan.






