AsosiyDunyo

"Forbes" 2022 yilda sayohat uchun eng yaxshi 50 yo`nalish ro`yxatiga O`zbekistonni ham kiritdi

'"Forbes" 2022 yilda sayohat uchun eng yaxshi 50 yo`nalish ro`yxatiga O`zbekistonni ham kiritdi'ning rasmi

Ma`lumot uchun, sayohat uchun eng yaxshi maskanlar qatorida yana Salvador, Turkiya, Ispaniya va Italiya kabi mamlakatlar bor.

"O`zbekistonning ajoyib infratuzilmasi sizga mamlakat poytaxti Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Xivaga – Buyuk Ipak yo`lidagi to`xtash joylariga – bemalol sayohat qilishingizga imkon beradi. Shaharlar tezyurar poezdlar bilan yaxshi bog`langan",-deydi nashr habarda.

 Shuningdek, unda Xivadagi Ichan qal`a birinchi bo`lib madaniy obidalar ro`yxatiga kiritilgani ham ta`kidlab o`tilgan. 

"Shu jumladan, sayohat davomida Buxoroning ko`plab bezakli qadimiy madrasalarini(maktablarini) o`tkazib yubormang, Buxoro Arkiga guvoh bo`ling  va savdo gumbazlaridan esdalik sovg`alari xarid qilishni unutmang",-deyiladi.

Nashr Samarqandning nafis Registonini ham unutmagan. Maydon kishini hayratga solishini ta`kidlagan. 

Taomlarga ham to`xtalib o`tilib, Toshkentda qo`zichoq go`shti va maydalangan sabzi qo`shilgan, mamlakatning an`anaviy taomi bo`lgan palovni iste`mol qiling, deya tavsiyalar berib o`tilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar