Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News xabar tarqatmoqda.
"Menga kelsak, mening to`yim bo`lmaydi. Men pandemiyaning yanada dahshatli oqibatlarini boshdan kechirgan minglab yangi zelandiyaliklardan hech qanday farqim yo`q. Deylik, yaqinlarim og`ir kasal bo`lganida ular bilan birga bo`lolmaslik. Bu men his qilgan har qanday qayg`udan ham ustun bo`ladi", - dedi uyu
Bosh vazir va uning farzandining otasi Klark Geyfordning to`yi kelasi hafta Gisbornda bo`lib o`tishi kerak edi. Biroq koronavirus bilan bog`liq holat ko`paygani sababli to`y marosimi qoldirildi.
"Omikron" tufayli Yangi Zelandiya o`z chegaralarini fevralning oxirigacha ochmasligini ma`lum qildi. Yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan mamlakat qizil rejimga o`tmoqda.