Bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi.
"O`zgidromet"ning qayd etishicha, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda esa, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.






