Bohadir Abduvaliev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Bohadir Abduvaliev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini( hozirgi O`zMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2019 yildan Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan.






