AsosiyJamiyat

Bag`dod tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Bag`dod tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan xalq deputatlari Bag`dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Xusainov Bag`dod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so`zladi.

"Hokimlik og`ir ish, tumandagi iqtisodiyotdan tortib, ijtimoiy sohasiga javob berish kerak. Bag`dodda Vosiljon Nazarov harakatchanligi, topshiriqlarni tushunib ishlagani e`tirofga loyiq",- degan viloyat hokimi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Xusainov nomzodi Bag`dod tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo`llab-quvvatlandi va Yusufjon Xusainov Bag`dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma`lumot uchun: Yusufjon Xusainov 1983 yilda Toshloq tumanida tug`ilgan. 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020 yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2021 yildan beri tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Vosiljon Nazarov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

 

    Boshqa yangiliklar