AsosiyJamiyat

Senat Bosh prokuraturadan Navoiyda hokimlikning soxta qarori yuzasidan munosabat bildirishni so`radi

'Senat Bosh prokuraturadan Navoiyda hokimlikning soxta qarori yuzasidan munosabat bildirishni so`radi'ning rasmi

Shu kunlarda internet tarmoqlarda “Fuqarolar boshiga to`qmoq — Navoiyda fuqarolar hokimlikning soxta qaroridan aziyat chekmoqda” sarlavhali xabar muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Xabarda 2007 yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanining Navoiy shahriga tutash Narpay QFY hududidan fuqarolarga uy-joy qurish uchun er ajratish yuzasidan chiqarilgan tuman hokimining (o`sha paytdagi hokimi Ch.Qanoatov) 8/37-sonli qaror soxta ekanligi, buning ortidan fuqarolar sarson bo`layotgan qayd etilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan 2020 yil jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro G`affor Razzoqov (2007 yilda Karmana tuman er resurslari va davlat kadastr bo`limi boshlig`i) tuman hokimining qarorini soxtalashtirganligi hamda u 2009 yilda vafot etgani tufayli jinoiy ish harakatdan tugatilganligi ma`lum qilingan.

Shu bois Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan mazkur holatni o`rganib, natijasi yuzasidan rasmiy munosabat berishini so`radi.

    Boshqa yangiliklar