Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hududida joylashgan masjidlar atrofida «jihod» va «hijrat» g`oyalarini targ`ib qilib kelgan shaxslar qo`lga olindi.
Unga ko`ra, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi tomonidan viloyat MG va IIB bilan hamkorlikda Termiz shahri hududida joylashgan masjidlar atrofida «jihod» va «hijrat» g`oyalarini targ`ib qilib, kelgusida Suriya va Falastin davlatlaridagi qurolli to`qnashuvlarda ishtirok etishni rejalashtirgan shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi.
Ushbu jinoiy guruhning asosiy etakchilari hisoblangan, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi «G`.B» va «N.T.»lar 2021 yilning 15 iyun sanasida qo`lga olingan bo`lib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi hamda tergov harakatlari olib borildi.
Ayni vaqtda ushbu shaxslar Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudi tomonidan mos ravishda JKning 159-moddasi 1-qismi, 244-1 -moddasi 3-qismi «g» bandi, 244-2 -moddasi 2 qismi «b» bandi bilan aybdor deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga hamda JKning 244-2-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Qayd etilgan shaxslar viloyat fuqarolari, ayniqsa, voyaga etmagan maktab o`quvchilarini diniy ekstremizm hamda terrorizmga faol da`vat qilib kelganlar.






