AQSh davlat rahbarining jurnalistni haqorat qilgani Oq uyda iqtisodiy maslahatchilari bilan uchrashuvini traslyasiya qilayotgan barcha yangilik telekompaniyalari efiriga tushib qoldi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
Uchrashuv oldidan jurnalistlar Baydenga Ukrainadagi vaziyat haqida savol berishni boshlagan. Shunda prezident undan boshqa davlatlardagi vaziyat haqida emas, AQShdagi narxlar pasayayotgani haqida so`rash kerakligini aytadi.
Shundan so`ng Fox News muxbiri Piter Dusi undan "Inflyasiya haqidagi savolga javob berasizmi? Inflyasiyani oraliq saylovlardagi siyosiy javobgarlik deb hisoblaysizmi?" deb so`raydi. Keyin esa OAV vakillari majlislar zalini tark etishni boshlagan.
"Bu katta qadriyat. Ko`proq inflyasiya. Bu qanchalik ahmoq itvachcha a?", — degan u sarkazm bilan. Bu vaqtda jurnalistlar deyarli qolmagan. Bayden esa mikrofon allaqachon o`chirilgan deb o`ylagan.






