25 yanvar kuni Toshkent shahrining aksariyat hududlari elektr energiyasi ta`minotisiz qoldi. Ayni paytda hali ta`minot tiklangani yo`q.
Poytaxtda yirik tibbiy markazlarida emorlar hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi masalasida vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanaev izoh berdi:
«Xavotirga o`rin yo`q. Barcha operasion bloklar zamonaviy tarzda jihozlangan va qo`shimcha ta`minot generatorlariga ulangan. Bir manbadan uzilish darhol ikkinchisi ulanishiga sabab bo`ladi.
Albatta, yordamchi dizel generatorlar bilan uzoq vaqt ishlab turish qiyin. Lekin tez orada umumiy ta`minot tiklanishiga umid qilamiz. Keyingi jarrohlik amaliyotlari shunga qarab rejalashtiriladi.
Bundan tashqari, vazir tomonidan tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tibbiy maskanlarning uzluksiz ishlashini ta`minlash bo`yicha topshiriqlar berildi», – dedi Furqat Sanaev.
Ayni paytda ta`minot tiklanmagan, chorrahalarda tirbandliklar saqlanib turibdi, suv ta`minotida ham uzilishlar kuzatilyapti. Toshkent aeroporti reyslar qabul qilishni to`xtatgan.
O`zbekiston energetika vazirligi ushbu holatga Qozog`istondagi energotizimda ro`y bergan avariyani sabab qilib keltirgan.






