AsosiyJamiyat

Toshkentga suv berish boshlanmoqda

'Toshkentga suv berish boshlanmoqda'ning rasmi

Toshkent aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta`minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o`chish holati yuzaga keldi.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi ma`lum qilishicha, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik  suv ta`minoti bilan bog`liq uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda elektr ta`minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda.

Yaqin soatlar ichida Toshkent shahri suv ta`minoti oldingi maromiga qaytadi.

Shuningdek, vazirlik tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 78 tasi o`z ish faoliyatini qayta tikladi (17:30).

 

 

    Boshqa yangiliklar