Bugun, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog`ida "avariya" bo`lishi tufayli O`zbekiston hududlarida elektr energiyasi ta`minotida katta o`zilishlar yuzaga keldi. Shu sababli mamlakat Afg`onistonga elektr energiyasini etkazib berishni to`xtatdi.
Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Shu jumladan, "Sputnik"ning qayd etishicha, eksport qayta tiklanishi ham mumkin.
Ma`lumolarga ko`ra, Afg`onistonlik mutaxassislar Kobulni Turkmaniston tomonidan etkazib beriladigan energiya bilan ta`minlashga muvaffaq bo`lishgan.






