“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tezkor ma`lumot taqdim etdi.
Unga ko`ra, "Afrosiyob" zamonaviy poezdlari o`z harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi temir yo`l vokzallarida elektr ta`minoti qayta tiklanganligi bois, 2022 yil 26 yanvardan “Buxoro-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 765-sonli hamda Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan har kuni harakatlanadigan
soat 07:00 dagi 764- sonli,
soat 07:28 dagi 762 - sonli,
soat 08:00 dagi 760 - sonli,
soat 08:30 dagi 770 - sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari o`z harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






