Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so`ng kasallanishlar soni yana ortdi, kecha yurtimizda 1170 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
2022 yil 25 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217360 (+1174) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-57 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-41 nafari Andijon viloyatida,
-56 nafari Buxoro viloyatida,
-37 nafari Jizzax viloyatida,
-30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-18 nafari Navoiy viloyatida,
-27 nafari Namangan viloyatida,
-43 nafari Samarqand viloyatida,
-18 nafari Sirdaryo viloyatida,
-46 nafari Surxondaryo viloyatida,
-133 nafari Farg`ona viloyatida,
-47 nafari Xorazm viloyatida,
-139 nafari Toshkent viloyatida,
-482 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 206727 (+1232) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1549 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 114 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






