"Darakchi" gazetasining hamkor jurnalistlaridan biri, NamMQI axborot xizmati rahbari Azizbek Abduvalievning padari buzrukvori, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, taniqli adib Abdug`ani ota Abduvaliev vafot etdi.
Jamoamiz nomidan hamkasbimizga va uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Ma`lumot uchun: janoza namozi peshin vaqtida shu atrofdagi «Karnaychi» masjidida o`qiladi.
Manzil: Namangan shahri, G`ishtko`prik ko`chasi, 17-uy.
Mo`ljal: «Chorsu» bozori, «Bahor» kinoteatri ro`parasidagi 40-maktab yonidan o`ngga kiriladi.






