AsosiyJamiyat

Namanganda noutbuk mashmashasi ortidan maktab direktori va sinf rahbari ishdan olindi

'Namanganda noutbuk mashmashasi ortidan maktab direktori va sinf rahbari ishdan olindi'ning rasmi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o`quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqidagi videomurojaat tarqalgan edi

Videomurojaatdan so`ng viloyat Xalq ta`limi bo`limi noutbukni ta`tildan so`ng barcha o`quvchilar orasida tantanali ravishda topshirish maqsadida olinganligini aytdi.  

Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan o`tkazilgan o`rganish ishlari natijasini ma`lum qilib, maktab direktori va o`quvchining sinf rahbariga chora ko`rilganini bildirdi.

Ta`kidlanishicha, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq ta`limi bo`limi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, maktab direktori Nozimjon Xusanov, o`quvchining sinf rahbari Sanobar Xojimurodova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

"Yuqoridagi holat bo`yicha kamchiliklarga yo`l qo`ygani sabab Norin tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri Javlonbek Nurmuxammadovdan tushuntirish xati olinib, tegishli intizomiy jazo chorasi qo`llash bo`yicha xalq ta`limi vaziriga xat kiritildi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar