AsosiyJamiyat

Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo`linmalarining qo`shimcha vakolatlari belgilandi

'Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo`linmalarining qo`shimcha vakolatlari belgilandi'ning rasmi

“Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ-747-son, 25.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga ko`ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy bo`linmalarini voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo`lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo`lgan voyaga etmaganlar va oilalar aniqlanganligi to`g`risida zudlik bilan xabardor qiladi.

Qonun bilan Agentlik va uning hududiy bo`linmalarining quyidagilar bo`yicha ham o`z vakolatlarini amalga oshirishi belgilandi:

  • voyaga etmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi;
  • bolalarni ularning sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish.

Qonun bilan Agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar