AsosiyJamiyat

Bu kunlar o`tib ketadi, har qanday darajadagi rahbar uchun sinov bu – Zoyir Mirzaev

'Bu kunlar o`tib ketadi, har qanday darajadagi rahbar uchun sinov bu – Zoyir Mirzaev'ning rasmi

Toshkent viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev ayni paytda ZOOM platformasi bilan o`tkazayotgan tuman va shahar hokimlari bilan muloqotda bir qator shoshilinch vazifalarni ilgari surdi:

- elektr va suv ta`minoti tiklanmagan hududlarga ertalab 6.00 dan boshlab maxsus transportlarda suv etkazib berish;

- barcha nonvoyxonalar va non ishlab chiqaruvchilari bilan tuni bilan muloqot qilib, muammolarini bartaraf etish, erta tongdan non taqchilligi yuzaga kelmasligiga erishish;

- elektr ta`minoti yo`q bo`lgan hududlardagi mehribonlik va muruvvat uylariga zudlik bilan muqobil moslamalar o`rnatib, vaqtinchalik ta`minotni yo`lga qo`yish;

- bozorlarda kundalik zarur mahsulotlar zahirasini yaratish, qo`shimcha manbaalarni ishga solish, narx barqarorlini saqlash;

- vaziyat tufayli kelib chiqqan aholi muammolariga zudlik bilan chora topish va ko`maklashish;

- shifoxonalarga mas`ullar biriktirish, og`ir holatdagi bemorlar, bolalar salomatligini alohida nazoratga olish;

-yoqilg`i quyish shahobchalarini barqaror ishlatish va taqchillik kelib chiqamasligini ta`minlash bo`yicha barcha imkniyatlarni ishga solish va hakozo.

" - Bu kunlar o`tib ketadi, odamlar bizdan ko`rgan har qanday ko`mak va yordamni eslab yuradi, bu kunlar har qaysi darajadagi rahbarlar uchun sinov. Eng asosiysi, odamlar murojaat qilganda har handay savoliga ochiq javob olsin. Odamlar o`rtasida bezovtalik, saromima, xavotir bo`lmasligi kerak", -  deb qayd etgan viloyat etakchisi.

    Boshqa yangiliklar