AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi 62 ta tabiiy gaz konlari to`liq rejimda ish boshladi — "O`zbekneftgaz"

'O`zbekistondagi 62 ta tabiiy gaz konlari to`liq rejimda ish boshladi — "O`zbekneftgaz"'ning rasmi

Elektr ta`minotidagi uzlishilar sabab "O`zbekneftgaz" AJ tizimidagi boshqarmalarga qarashli 64 ta tabiiy gaz qazib chiqarish konlari faoliyati to`xtagani haqida xabar bergan edik.

Kompaniya Matbuot xizmatining xabar berishicha, elektr ta`minoti etkazib berila boshlangach, jami 62 ta tabiiy gaz qazib chiqarish konlari, shu jumladan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yirik konlari, ya`ni “Zevarda”, “Alan” va “Pomuq” jami 27 ta tabiiy gaz qazib chiqarish konlardagi barcha quduqlar va bir qator siquv kompressor stansiyalari to`liq ish rejimida ish boshladi.

Shuningdek, Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi 11 ta tabiiy gaz konlari hamda texnologik qurilmalar ish faoliyati tiklanmoqda.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida barcha 23 ta tabiiy gaz qazib chiqarish konlari, qurilmalar va siquv kompressor stansiyasi ishlamoqda.

Bundan tashqari, “O`zbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Janubiy O`rtabuloq”, “Somontepa” konlaridagi quduqlar va siquv kompressor stansiyalari, Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining Gazdan propan-butan olish qurilmalari, 1- va 2-son siquv kompressor stansiyasi, mahsulot gazini magistral gaz quvurlariga etkazib berish siquv kompressor stansiyasi hamda “Shimoliy Nishon” siquv kompressor stansiyasida normal ish rejimini tiklash bo`yicha ishlari olib borilmoqda.

“Sho`rtan gaz kimyo majmuasi”, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” va “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ishga tushirilgan bo`lib, ularning ham to`liq quvvatda faoliyat yuritishini ta`minlash choralari ko`rilmoqda.

Shuningdek, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilg`isini Respublikaning barcha turdagi ist`emolchilari, shu jumladan aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga barqaror etkazib berish ishlari to`liq nazoratga olindi hamda uzluksiz etkazib berilishi ta`minlab kelinmoqda.

Ta`kidlash kerakki, “O`ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz etkazib berish bosqichma-bosqish tiklanmoqda. Har bir vaziyat "O`zbekneftgaz" AJda vaqtinchalik tuzilgan Shtab a`zolari va Markaziy ishlab chikarish dispetcherlik departamenti mutaxassislari tomonidan monitoring qilib borilmoqda, holatlar yuzasidan qo`shimcha rasmiy ma`lumotlar berib borilishini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar