Ijtimoiy tarmoqlarda “poytaxtda gaz ta`minoti to`xtatiladi” mazmunida xabarlar tarqalmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatining ta`kidlashicha, Toshkent shahri gaz bilan ta`minlangan, biroq bugun, 26 yanvar kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar gaz bosimining biroz pasayishi kuzatilishi mumkin.
Bayonotda gaz bosimining pasayishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha barcha choralar tezkorlik bilan amalga oshirilayotganligi, soat 17:00 dan keyin gaz bosimi normal holatda iste`molchilarga etkazilishi qayd etilgan.






