AsosiyJamiyat

O`tgan yilda davlat organlari va tashkilotlarida ishlovchi 3050 nafar xodim tomonidan 4 186 holatda korrupsion jinoyat qayd etilgan

'O`tgan yilda davlat organlari va tashkilotlarida ishlovchi 3050 nafar xodim tomonidan 4 186 holatda korrupsion jinoyat qayd etilgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda  Koorupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, o`tgan yilda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 26 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, hozirda ushbu hujjatlarning 8 tasi qabul qilingan.

2021 yilda Davlat xaridlari to`g`risidagi qonun hujjatlari ijrosi buzilganligi bilan bog`liq 142,7 mlrd so`m miqdoridagi moddiy zarar etkazilgani bilan bog`liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Tahlillarga ko`ra, 2021 yilning o`tgan 12 oyi mobaynida 6 294 nafar shaxs tomonidan 7 953 ta korrupsion holat bilan bog`liq jinoyatlar sodir etilgan.  

Shundan, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga oid 3 050 nafar shaxs tomonidan 4 186 ta korrupsion holat bilan bog`liq jinoyatlar hisobga olingan.

    Boshqa yangiliklar