AsosiyJamiyat

“Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga to`laqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda etkazib borish zarur

'“Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga to`laqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda etkazib borish zarur'ning rasmi

Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari o`tkazgan yig`ilishda,  “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” doirasida amalga oshiriladigan ishlarimiz va ularning natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga to`laqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda etkazib borish zarurligini ta`kidladi.

Mutasaddilarga yangi yondashuvlar asosida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali dastur ijrosi bo`yicha barcha darajadagi rahbarlarning har o`n besh kunda xalqqa hisobot berish tizimini yo`lga qo`yish va nazoratini tashkil qilish.  

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga dasturning joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga etkazish bo`yicha onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, dastur ijrosining monitoringi, aholining bu boradagi fikr va mulohazalarini qabul qilishning institusional tizimi ham bo`lishi shart, deya ta`kidladi Prezident hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va "Yuksalish" umummilliy harakati faoliyatini tubdan qayta ko`rib chiqib, takomillashtirish bo`yicha taklif kiritishni topshirdi.

    Boshqa yangiliklar