AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mavjud issiqlik va gidroelektr stansiyalarining faoliyati 80 foizga tiklandi — Energetika vazirligi

'O`zbekistonda mavjud issiqlik va gidroelektr stansiyalarining faoliyati 80 foizga tiklandi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, amalga oshirilgan barcha chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizdagi mavjud issiqlik va gidroelektr stansiyalarining faoliyati 80 foizga tiklandi.

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi etarli emasligiga qaramay, mutaxassislar ushbu quvvatlarni butun mamlakat bo`ylab taqsimlashga harakat qilmoqdalar. Bunda, birinchi navbatda, aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlarni elektr energiyasi bilan ta`minlashga harakat qilinmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasini etkazib berishda yakka tartibdagi uzilishlar mavjud.

Eslatib o`tamiz, dastlab gidroelektr stansiyalari faoliyati tiklangan edi. Ayni paytda ularning ishlab chiqarish quvvati maksimal darajada elektr energiyasi ta`minoti tizimiga etkazib berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar