AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi'ning rasmi

 Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 yanvar kuni videoanjuman shaklida o`tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuv kun tartibiga muvofiq, ko`p tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, mintaqaviy bog`liqlikni kuchaytirish hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash masalalari ko`rib chiqiladi.

Savdo, sanoat kooperasiyasi, “yashil” iqtisodiyot, innovasiyalar va raqamli texnologiyalar, transport va logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni ilgari surishga alohida e`tibor qaratiladi.

Sammit yakunida do`stlik munosabatlarini va ustuvor yo`nalishlarda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan Dehli deklarasiyasini qabul qilish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar