AsosiyJamiyat

Har yili 50 nafargacha endokrinolog mutaxassislar etakchi xorij tibbiyot markazlarida malaka oshiradi

'Har yili 50 nafargacha endokrinolog mutaxassislar etakchi xorij tibbiyot markazlarida malaka oshiradi'ning rasmi

Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Markaz hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan shaffof tanlov asosida tanlab olingan 50 nafargacha endokrinolog mutaxassislar har yili nufuzli xorijiy endokrinologiya markazlarida malaka oshirishga yuboriladi. Shuningdek, Markazning ilmiy malaka kengashi faoliyatiga etakchi xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

Qolaversa, ikki oy muddatda endokrinologiya sohasida maxsus dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyatini kengaytirish, shuningdek, glyukometr va maxsus test yaproqchalarini respublikada ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar