Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.
Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.
Ishga qabul qilayotgan korxonalar "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy", "SENKI".
Tanlovlar vaqti va hududlar:
27 yanvar:
- Soat 10:00 da, Xorazm viloyati,
Manzil: Urganch shahri, Baynalmilalchi ko`chasi 6-uy.
Mo`ljal: Monomarkaz binosi.
Tel:. 62 229-19-96.
- Soat 11:00 da, Samarqand shahri,
Manzil: Narpay ko`chasi 7-B uy, "Ishga marhamat" monomarkazi,
Mo`ljal: Kimyogarlar qo`rg`oni
Tel:. 66 233-24-00, 66 233-53-00.
28 yanvar:
- Soat 10:00 da, Qoraqalpog`iston Respublikasi,
Manzil: Nukus shahri, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi, Utepova ko`chasi r/u.
Mo`ljal: "Istiqlol bog`i" (Kvadrat park).
Tel:. 55 102-53-32, 55 102-53-34.
- Soat 11:00 da, Surxondaryo viloyati,
Manzil: Uzun va Denov tumanlari ABKM.
Tel:. 76 222-45-22, 99 555-52-82, 97 225-77-71.






